07:31 / 18.02.2025
3 209

1000 soʻmlik banknot yoʻqolib borayotgani rostmi?

1000 soʻmlik banknot yoʻqolib borayotgani rostmi?
Oʻzbekistonda 1000 soʻmlik banknotlarning muomaladagi ulushi bor-yoʻgʻi 0,6 foizni tashkil etmoqda, deb jurnalistuz xabar berdi. Bu esa ushbu kupyuralarning deyarli ishlatilmayotgani va yaqin kelajakda butunlay muomaladan chiqib ketish ehtimoli borligini koʻrsatadi.

Infografikaga koʻra, eng koʻp ishlatiladigan kupyuralar 100 000 soʻmlik (40,9%) va 200 000 soʻmlik (23,4%) banknotlar hisoblanadi. 50 000 soʻmlik kupyuralar ham muomalada sezilarli ulushga ega bo‘lib, ularning hajmi 16,6 foizni tashkil etadi.

Mutaxassislarning fikricha, bu holat inflyatsiya natijasida yuqori qiymatli banknotalarga boʻlgan talabning oshib borayotganidan dalolat beradi. Kichik qiymatdagi kupyuralar esa asosan yoʻl haqi va kundalik mayda xarajatlar uchun ishlatilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot