date
views 140

Britaniyaning yirik investitsiyaviy holdingi O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi

Britaniyaning yirik investitsiyaviy holdingi O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning yetakchi investitsiyaviy holdinglaridan biri – United Green Group tashkilotining investitsiyalar bo‘yicha bosh direktori Albrext Frishenshlager bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Albrext Frishenshlagerning aytishicha, United Green Group holdingi O‘zbekiston bilan investitsiyaviy hamkorlik o‘rnatishdan manfaatdor.

Tomonlar hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilash uchun United Green Group va O‘zbekistonning tegishli vazirlik hamda idoralari o‘rtasida ishchi aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

United Green Group'ga XX asrning boshida Britaniyada asos solingan. U hozirgi kunda energetika, avtomobilsozlik, savdo, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jaligi va tijorat sohasida faoliyat olib bormoqda. Xolding o‘zining boy tajribasi, innovatsion yondashuvlari va keng ko‘lamli faoliyati orqali xalqaro miqyosda ko‘plab loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

Foto: "Dunyo" AA
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot