date
views 107

Dollar yana oshdi, yevro esa pastlashda davom etmoqda

Dollar yana oshdi, yevro esa pastlashda davom etmoqda
Markaziy bank 28 aprel kuni xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi rasmiy kurslarini ma’lum qildi.

E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra:
  • AQSH dollari 29,97 so‘mga oshib, 12 957,14 so‘mga yetdi;
  • Yevro esa aksincha, 15,11 so‘mga arzonlashib, 14 702,47 so‘mni tashkil qildi;
  • Rossiya rubli kursi 0,83 so‘mga ko‘tarilib, 156,56 so‘m bo‘ldi.

Qayd etish kerakki, bundan avvalgi ikki kun davomida ham AQSH dollari kursi o‘sish tendensiyasida bo‘lib, 12 927,17 so‘mga chiqqan edi. Shu vaqt ichida yevro va rubl kurslarida pasayish kuzatilgan.

Jahon bozoriga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 2025 yil aprel oyida AQSH dollarining xalqaro valyuta bozoridagi indeksi oxirgi uch yildagi eng past ko‘rsatkichiga tushib ketgani qayd etilmoqda. Bu holat global iqtisodiy vaziyatdagi o‘zgarishlarning muhim indikatori hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Dollar yana oshdi, yevro esa pastlashda davom etmoqda