
O‘zbekiston 2025 yil boshidan buyon xalqaro bozorlarda milliardlab dollarlik oltin sotdi, deb xabar berdi nova24.uz Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga asoslanib.
Yanvar–mart oylarida tashqi savdo aylanmasi 17,3 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2024 yilga nisbatan 8,6% ga ko‘pdir. Eksport hajmi 24,4% ga oshib, 8,1 milliard dollarga yetdi. Shu bilan birga, import 2,3% ga kamayib, 9,2 milliard dollarni tashkil etdi.
Tashqi savdo balansidagi salbiy farq 1,09 milliard dollarga tushdi.
Oltin eksporti 3,57 milliard dollarni tashkil etdi — bu o‘tgan yilga nisbatan 34% ga ko‘p. Oltinning umumiy eksportdagi ulushi esa 40,9% dan 44% ga oshgan.
Shuningdek, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasida oltinning fizik hajmi kamaygan bo‘lsa-da, narxlarning o‘sishi fonida uning umumiy qiymati sezilarli darajada oshgan.
Agar oltin eksporti statistikadan chiqarilsa, umumiy tashqi savdo o‘sishi atigi 3,5% bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar