Alisher Usmonovning boyligi 3,9 mlrd dollarga oshdi

Alisher Usmonovning boyligi 3,9 mlrd dollarga oshdi
Alisher Usmonovning boyligi 2025 yil boshidan buyon 3,9 milliard dollarga oshdi, deb xabar berdi Bloomberg Billionaires Index. 2 may holatiga ko'ra, uning umumiy boyligi 17,1 milliard dollarga yetdi. Bu bilan Usmonov dunyodagi eng boy insonlar ro'yxatida 125-o'rinni egalladi.

Usmonov USM xoldingining asoschisi va egasidir. Bu xolding tarkibiga "Metalloinvest" (metallurgiya), "MegaFon" (telekommunikatsiyalar), Udokan Copper (konchilik) va CRPT (raqamli texnologiyalar) kabi kompaniyalar kiradi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar