O‘zbekiston zaxiralari 49,2 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekiston zaxiralari 49,2 mlrd dollardan oshdi
O‘zbekistonning zaxiralari bir oyda 2,9% ga oshdi, deb Kursiv.media xabar berdi.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, may oyi boshida mamlakatning umumiy zaxiralari 49,2 milliard dollardan oshgan. Bu — bir oyda deyarli 1,4 milliard dollarlik o‘sishdir.

. Zaxiralarning 37,6 milliard dollari qimmatbaho metallarga to‘g‘ri keladi.
. Biroq fizik oltin hajmi 11,8 million troya untsiyadan 11,5 millionga kamaygan.
. Valyuta zaxiralari esa 616,9 million dollarga ko‘payib, 11 milliard dollardan oshdi.

WGC ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning mart oyida O‘zbekiston Markaziy banki 11 tonna oltin sotgan va eng yirik sotuvchiga aylangan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar