date
views 30 470

Markaziy bank 30 may kuni uchun valyutalarning yangi qiymatini e’lon qildi

Markaziy bank 30 may kuni uchun valyutalarning yangi qiymatini e’lon qildi
Dollar bilan nima bo‘lyapti? Bugun AQSh dollari kursi ketma-ket uchinchi kun pasayishi kutilmoqda. Agar bu yuz bersa, umumiy tushish 170 so‘m yoki 1,3%ni tashkil etadi. Bankir telegram kanali deb yozmoqda, rasmiy kurs 12 770 so‘mga tushadi — bu 2024 yil oktabrdan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ya’ni, 2025 yilda o‘zbek so‘mi AQSh dollariga nisbatan mustahkamlanmoqda.

Bankir’ning tahliliga ko‘ra, bunga bir nechta sabablar bor:

- Dollar indeksi global miqyosda so‘nggi yillardagi eng past darajada. Bu dollarning umumiy qadrsizlanishini va so‘mning nisbiy kuchayishini anglatadi.

- Pul o‘tkazmalari birinchi chorakda 32%ga oshib, 3,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu ichki valuta zaxirasini mustahkamlaydi.

- Bu o‘sishga sabab bo‘layotgan yana bir omil — rublning dollarga nisbatan mustahkamlanishi.

- To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 2024 yilda 53%ga ko‘payib, 11,9 mlrd dollarga yetdi.

- Bundan tashqari, oltin narxining oshishi, valyuta zaxiralarining rekord darajaga chiqishi, hamda importning eksportga nisbatan sekinroq o‘sayotgani ham so‘mni qo‘llab-quvvatlayapti.

Xulosa: so‘mning mustahkamlanishi nafaqat ichki, balki global omillar bilan bog‘liq, deb yozmoqda Bankir telegram kanali.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank 30 may kuni uchun valyutalarning yangi qiymatini e’lon qildi