
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 12 iyun, 2025 yil uchun yangi valyuta kurslarini e’lon qildi va bu rasmiy ma’lumotga ko‘ra, xorijiy valyutalarga nisbatan so‘mning barqarorligi kuchaymoqda.
Yangi kurslarga ko‘ra, AQSH dollari yana 27,81 so‘mga arzonlashib, 12 646,56 so‘mni tashkil etdi. Yevro esa 8,99 so‘mga pastlab, 14 461,34 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli ham 0,35 so‘mga pasayib, 160,88 so‘m darajasida qayd etildi. Shuningdek, funt sterling 29,93 so‘mga arzonlashib, 17 070,33 so‘mga tushdi.
Yangi rasmiy kurslar orasida Xitoy yuani 3,70 so‘mga arzonlashib, 1 760,13 so‘m, Yaponiya iyenasi 0,43 so‘mga tushib, 87,17 so‘m, Qozog‘iston tengesi esa 0,06 so‘mga arzonlashib, 24,88 so‘mni tashkil etdi.

Keyingi besh kun davomida so‘m xorijiy valyutalarga nisbatan uzluksiz mustahkamlanib, dollar rasmiy kursi oxirgi bor 2024 yil sentyabridan buyon ilk marta 12 700 so‘mdan pastlashda davom etmoqda. Bundan oldingi kursda ham dollar 37,68 so‘mga pasaygandi va bu tendensiya kundan-kunga davom etmoqda.
Ekspertlar buni ichki moliyaviy barqarorlik, eksport-import siyosatining to‘g‘ri yo‘naltirilishi va valyuta bozoridagi talab va taklifning muvozanati bilan izohlamoqda. Moliya bozori ishtirokchilari so‘mning uzluksiz mustahkamlanishi iqtisodiy jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlamoqda.
Ayni paytda, valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar tadbirkorlar, investorlar va aholi e’tibor markazida. Yaqin kunlarda valyuta bozoridagi dinamika qanday o‘zgarishi — bu savolga Markaziy bankning keyingi ma’lumotlari javob beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar