7 559
OTB O‘zbekistonda bog‘dorchilik sektorini rivojlantirish uchun 154 million dollar ajratdi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bugun, 28 noyabr kuni O‘zbekistonning 12 viloyatida hamda Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasida bog‘dorchilik sohasidagi ta’minot zanjirini rivojlantirish uchun 154 million AQSh dollari miqdorida zayom taqdim etishini tasdiqladi. Bu haqida OTBning rasmiy saytida ma’lum qilindi.
"OTB zayomi bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi fermerlar hamda bu sohaga jalb qilingan korxonalarga yordam beradi", - dedi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo Mintaqaviy departamentining tabiiy resurslar bo‘yicha katta iqtisodchisi Bui Minx Jiap.
"Bu ularga o‘z investisiyalarini kengaytirish, bandlikni qo‘llab-quvvatlash, o‘zlari va qo‘l ostidagi xodimlari uchun barqaror daromadlarni qo‘lga kiritishga imkon yaratadi", - deya qo‘shimcha qildi u.
Hukumat OTM zayomini moliyaviy institularga qayta taqsimlab chiqadi.
Loyihada ishtirok etishga qiziqish bildirgan tijorat banklari orasida sakkiztasi tanlab olingan. Bular - Asaka banki, Davr banki, Hamkorbank, Ipak yo‘li banki, Ipoteka-bank, O‘zbekiston Respublikasining milliy banki, Turonbank va Sanoat-qurilish banki.
Qishloq xo‘jaligi O‘zbekistonning muhim sektori hisoblanadi, bandlikning 32 foizi uning hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek qishloq joylarining asosiy daromad manbaidir. Ta’kidlash joizki, mamlakat aholisining 49 foizi qishloq joylarida yashaydi.
O‘zbekistonning meva va sabzavot eksperti Rossiya Federasiyasi va Evropa bozorlarini qamrab olish hisobiga sezilarli darajada kengaytirilishi kutilmoqda. Biroq buning uchun bog‘dorchilik mahsulotlarining sifati, xavfsizlik standartlari, sertifikatlash, saqlash, qayta ishlash va marketing texnologiyalari tizimini yaxshilash talab etiladi.
O‘zbekiston OTBga qo‘shilganidan (1995 yildan) buyon bank mamlakatga 5,1 milliard AQSh dollari miqdorida zayom taqdim etgan va 64,9 million AQSh dollarini grantlar ko‘rinishida texnik yordam sifatida ajratgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi