
O‘rta Sharqdagi ziddiyat kuchayishda davom etar ekan, aksiya bozori bu holatga deyarli e’tibor qilmadi. Biroq strateglar fikricha, neft fyucherslari narxidagi katta o‘zgarishlar fond bozoridagi silkinishlarning asosiy drayveriga aylanishi mumkin, deb Yahoo Finance xabar berdi.
"Neft narxlari o‘zgaruvchanlik saqlanib qolish-qolmasligini belgilaydi", — dedi Morgan Stanley bosh investitsiya direktori Mayk Uilson dushanba kuni mijozlarga yo‘llagan yozma murojaatida.
Dushanba kuni kechqurun neft narxlari keskin ko‘tarilgandan so‘ng pasaydi. Xalqaro standart bo‘lgan Brent nefti (BZ=F) taxminan 2% arzonlashib, barreli 75 dollardan pastga tushdi. West Texas Intermediate (CL=F) fyucherslari esa 3%ga tushib, barreli 72 dollarni tashkil qildi.
Neft narxlari pasayishi ortidan aksiyalar o‘sishni boshladi. S&P 500 indeksi 0.2%ga, Nasdaq Composite 0.3%ga oshdi. Dow Jones Industrial Average esa deyarli o‘zgarmasdan, ozgina o‘sish qayd etdi. Kun oxirida esa barcha asosiy indekslar eng yuqori darajasidan tushdi. Bu AQSh tomonidan Eron yadro obyektlariga uyushtirilgan hujumlar uchun Eronning Qatar va Iroqda joylashgan AQSh harbiy bazalariga raketa otgani haqidagi xabarlar fonida ro‘y berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar