date

O‘zbekiston limon eksportidan $2,8 mln daromad oldi

O‘zbekiston limon eksportidan $2,8 mln daromad oldi
O‘zbekiston 2025-yilning yanvar–may oylarida limon eksport qilish orqali $2,8 million daromad oldi, deb Kursiv xabar berdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, besh oy davomida 1,7 ming tonna limon eksport qilingan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 4,6 foiz o‘sishni tashkil etdi.

O‘zbekiston limonining eng katta xaridori Rossiya bo‘ldi — ushbu mamlakatga 1 ming tonnadan ortiq tsitrus mahsuloti yetkazib berilgan.

Qozog‘iston 603 tonna, Qirg‘iziston esa 81 tonna o‘zbek limonini import qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston limon eksportidan $2,8 mln daromad oldi