
2025-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi 8,2 milliard AQSH dollarini tashkil etdi, deb xabar bermoqda uz.kursiv.media. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27 foizga ko‘pdir. Bu haqda Markaziy bank hisobotida aytilgan.
Pul o‘tkazmalarining eng katta qismi Rossiyadan amalga oshirilgan — 6,4 milliard dollar. Qozog‘iston va AQSH ham yetakchi uchlikdan joy oldi. Shuningdek, Janubiy Koreya va Turkiyadan ham faol transaksiyalar kuzatilgan.
Markaziy bankga ko‘ra, bu o‘sish milliy valyutalarning barqarorligi va mehnat migratsiyasi mamlakatlarida ishchi kuchiga bo‘lgan yuqori talab bilan izohlanadi.
Shuningdek, mehnat migratsiyasi geografiyasining kengaygani ham bu jarayonga ta’sir qilgan. Mablag‘lar asosan pul o‘tkazish tizimlari orqali yuborilgan, keyingi o‘rinlarda P2P o‘tkazmalar va SWIFT moliyaviy platformasi turadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning birinchi choragidagi pul o‘tkazmalari O‘zbekistonning birlamchi va ikkilamchi daromadlari salkam ijobiy saldo bilan yakunlanishida muhim rol o‘ynadi. Saldo mos ravishda 148,9 million dollar va 2,2 milliard dollarni tashkil etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar