O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan oltin quymalarning kunlik sotuv narxlari bo‘yicha monitoring natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, 2025-yilning navbatdagi ish haftasida ham oltin narxi o‘sish tendensiyasini davom ettirdi. Haftalik tahlilga ko‘ra, bir gramm oltin narxi umumiy hisobda 15 800 so‘mga oshdi. Bu esa eng kichik 5 grammlik oltin quymaning narxi 79 000 so‘mga qimmatlashganini ko‘rsatadi.
Kunlik o‘zgarishlar quyidagicha bo‘ldi (1 gramm oltin uchun):
Dushanba: +1600 so‘m
Seshanba: +5400 so‘m
Chorshanba: +12800 so‘m
Payshanba: +12800 so‘m
Juma: -15200 so‘m
Mutaxassislarining fikricha, global geosiyosiy vaziyatlar, xalqaro moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar va valyuta kurslarining tebranishi O‘zbekiston oltin narxlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, aholining investitsion maqsadlarda oltin quymalarini xarid qilishga bo‘lgan qiziqishi narxlarga qo‘shimcha bosim sifatida ta’sir qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing