
So‘nggi vaqtlarda dunyo bo‘ylab, xususan, kosmetika va parfyumeriya sohasida katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Britaniyaning nufuzli The Business of Fashion jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, tanlab olinadigan (nishevoy) atirlar bozorida 3 foiz atrofida pasayish qayd etildi. Bunga sabab — zamonaviy iste’molchilarning afzal ko‘rishlari va yangi avlodning estetik talablari keskin o‘zgargani bilan bog‘liq, deb yozmoqda Peopletalk.
Avvallari eksklyuziv va qimmat atirlar modada bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda oddiy, bir nechta mistov (sprey)ni birlashtirib o‘z uslubini yaratishga intiladigan yoshlar ko‘paymoqda. Xususan, TikTok ijtimoiy tarmog‘ida «arzon va mazali hidlar» trendi orqali oddiy mistovlar ommalashib bormoqda.
Bugungi kunda atir o‘rnini bosuvchi badan va soch uchun mistovlarga talab 50 foizga oshgan. Bu tendensiya, ayniqsa, Alfa avlodi — ya’ni 2010 yildan keyin tug‘ilgan yoshlar orasida keng tarqalgan. Ularda hali yuqori sifatli, tanlab olinadigan atirlarni sotib olish imkoni bo‘lmagani bois, ular TikTok orqali arzon va yangi formatdagi parfyumeriyaga qiziqmoqda.
Milleniallar (1980–1996) va zumerlar (1997–2010) o‘z vaqtida brending va eksklyuzivlikni qadrlagan bo‘lsa, Alfa avlodi uchun ko‘proq amaliylik, ijtimoiy tarmoqlarda trendga mos kelishi va arzonlik muhim. Hozirgi yoshlar bir flakon atir o‘rniga 3–4 xil mistovni tanlab, har kuni yangi kombinatsiya yaratishga intiladi.
Mazkur tendensiya O‘zbekistonda ham sezilmoqda. Yoshlar orasida mistov va badan uchun spreylar keng tarqalmoqda. Turli onlayn-do‘konlar, mass-market kosmetika brendlari arzon va xushbo‘y variantlarni taklif qilmoqda. Qimmat atirlarni sotib olish imkoniyati cheklanganini inobatga olsak, mistovlar — funksional va ommabop yechim sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Kosmetika va parfyumeriya ekspertlarining ta’kidlashicha, nishevoy atir bozori yaqin bir necha yil ichida yana pasayishda davom etadi. Bu esa spreylar, mistovlar va arzon alternativ mahsulotlarning yanada ommalashishiga olib kelishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!