2025 yildan boshlab aholi bandligini ta’minlash maqsadida davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalar bosqichma-bosqich to‘xtatiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ularning o‘rnini foizsiz qarzlar — ssudalar egallaydi. Yangi tizim mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, ularning belgilangan muddatda qaytarilishini ta’minlash uchun joriy etiladi. Shu yo‘l bilan davlat mablag‘laridan foydalanishda mas’uliyat oshishi kutilmoqda.
Joriy yildayoq 6 turdagi subsidiya faqat foizsiz ssuda ko‘rinishida beriladi. Bu mablag‘lar belgilangan yo‘nalish uchun ishlatiladi va shartnoma asosida belgilangan vaqtda qaytariladi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mazkur tartib subsidiyalardan suiiste’mol holatlarini kamaytiradi hamda davlat mablag‘larining aylanmada samarali foydalanilishini ta’minlaydi.
Vazirlik bu choralar aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda yanada barqaror mexanizm yaratishga xizmat qilishini bildirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!