date

Reuters merosxo‘ri kriptodan 80 mln dollar yo‘qotdi

Reuters merosxo‘ri kriptodan 80 mln dollar yo‘qotdi

Thomson Reuters media-imperiyasi merosxo‘ri Teylor Tomson kriptovalyuta bozorida yirik mablag‘ yo‘qotdi. Pravilamag nashri xabar berishicha, u o‘zining yaqin dugonasi Eshli Richardsonni va hatto “ekstrasenslar”ni ayblamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tomson 2021 yilda turli kriptovalyutalarga taxminan 140 million dollar sarmoya kiritgan. Investitsiya qilishdan avval u va Richardson ekstrasenslar bilan maslahatlashgani aytiladi.

Keyinchalik portfelni boshqarish Richardsonga topshirilgan. Advokatlarning ta’kidlashicha, u Tomsonning roziligisiz 450 mingdan ziyod operatsiya amalga oshirgan, ammo Richardson bu ayblovlarni rad etmoqda. Ikkalasi o‘rtasida hech qanday rasmiy shartnoma tuzilmagan.

Guidepost Solutions hisob-kitoblariga ko‘ra, Tomsonning umumiy yo‘qotishlari 80 million dollardan ortiqni tashkil etgan, bunda 2022 yildagi kriptobozor qulashi ham asosiy omil bo‘lgan.

Shundan so‘ng merosxo‘r Richardson va Persistence kompaniyasini sudga berdi. Aytilishicha, Richardson shubhali tokenlarga 40 million dollar yo‘naltirgan va Tomson ularni til biriktirganlikda ayblab, 25 million dollar qaytarishni talab qilgan. Biroq Tomson va Persistence orasida kelishuvga erishilgan.

Richardson esa o‘z navbatida sobiq do‘stini tuhmatda ayblab, 10 million dollar talab qilib qarshi da’vo kiritdi. Sud jarayonlari hozircha davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Reuters merosxo‘ri kriptodan 80 mln dollar yo‘qotdi