Yoshlik davrida o‘zi ishini yo‘lga qo‘yish va hattoki kimningdir startapida ishtirok etish haqidagi fikr ko‘pchilikda qo‘rquv uyg‘otadi. Ehtimol, siz ta’lim muassasalari, kitoblar yoki internetdagi amaliy tavsiyalardan biznes haqida muayyan ma’lumotga egadirsiz, biroq biznesni yuritish asoslarini nazariy jihatdan tushunish va uni hayotiy tajriba orqali anglash o‘rtasida katta farq bor.
Faoliyatingiz yakunida siz boy bilimlar zaxirasiga ega bo‘lasiz va o‘zingiz uchun yuzlab saboqlar olasiz, lekin bularning bir qismini ertaroq, eng yaxshisi, 30 yoshgacha o‘zlashtirish maqsadga muvofiqdir.
InsiderPro yoshlik davrida eslab qolish muhim bo‘lgan hayotiy haqiqatlar bilan bo‘lishdi.
1. Eng qadrlisi — odamlar
Amaliy jihatdan olib qaraganda, muvaffaqiyatli biznesni yolg‘iz qurib bo‘lmaydi. Sizga keng imkoniyatlarni ochuvchi, yangi aloqalarni izlashda va qarorlar qabul qilishda hushyor bo‘lishga majbur qiluvchi kishilar juda qadrlidir.
Siz bu bebaho saboqni karerangizni boshlashdan avval o‘zlashtirsangiz, vaqtingizni keraksiz kishilarga sarflamay, uzoq muddat eng yaxshi insonlar bilan ishlashga muvaffaq bo‘lasiz.
2. Muvaffaqiyatsizliklardan qochib bo‘lmaydi
Qancha ko‘p narsa bilishingiz va qancha yaxshi tayyorgarlik ko‘rishingizdan qat’i nazar, muvaffaqiyatsizliklardan qochib bo‘lmaydi. Ehtimol, sizning biznesingiz omadli bo‘lar, lekin albatta shunday strategiyalar va kampaniyalar bo‘ladiki, ular rejalaringizni barbod qilib yuboradi, ba’zi g‘oyalar esa hech qanday natija bermaydi. Agar muvaffaqiyatsizlikka duch kelgan paytingizda busiz bo‘lmasligini yaxshi anglab etsangiz, uni qabul qilishingiz osonroq bo‘ladi.
Siz bu tajribaga o‘sish va rivojlanish uchun saboq hamda imkon sifatida qarashingiz kerak.
3. Vaqt — eng qimmatbaho resurs
"Vaqting ketdi - naqding ketdi" maqoli vaqtdan resurs sifatida foydalanish qanday kuchga ega ekanligiga ishora qiladi. Masalan, biror narsani qancha erta bilsangiz, bundan daromad olishingiz va loyiha ustida ishlashingiz uchun shuncha ko‘p vaqtingiz bo‘ladi.
Bundan tashqari, bir sutkada atigi 24 soat bor, ana shu vaqtingizni qanday sarflashingizdan kelib chiqib, foyda olasiz. Bu haqiqatni qancha tez o‘zlashtirsangiz, shuncha ko‘p vaqtingizni tejaysiz.
4. So‘z bilan har qanday muammoni hal qilish mumkin
So‘z qudratini to‘g‘ri baholay olish muhim. Suhbat yordamida deyarli barcha muammolarning paydo bo‘lishini oldini olish mumkin. Buning uchun o‘z fikrini aniq bayon qilish va har qanday mavzuda kelishuvga erishish lozim.
Muloqot qilish san’ati - uzr so‘rash, bir to‘xtamga kelish yoki vaziyatni to‘g‘ri tushuntirish orqali siz mavjud muammolarni ham bartaraf etishingiz mumkin.
5. Mukammallik — taraqqiyot dushmani
Biz biznes shiddat bilan rivojlanayotgan sharoitlarda yashaymiz. Agar siz loyiha mukammal emasligi tufayli uni sekinlashtirayotgan bo‘lsangiz, u holda tanazzulga uchrashingiz mumkin. Tezkor, epchil, moslashuvchan kompaniyalargagina omad kulib boqadi.
Hech bir narsa ilk urinishdayoq mukammal bo‘lmaydi. Asosiysi — loyihani yuritishda muvozanatni saqlay bilish.
6. Har qanday g‘oya amalda qo‘lanish imkoniga ega bo‘lsin
Sizning g‘oyangiz har qancha qiziq va original bo‘lmasin, uning qadri amalga oshirish imkoniga qarab belgilanadi. Masalan, ajoyib bir video haqida o‘ylab qo‘ydingizu, biroq uni yaratish jarayonini samarali tashkillashtirish uchun kerakli vosita bo‘lmasa, bu g‘oyadan voz kechganingiz ma’qul.
Bu gaplar barcha biznes-g‘oyalarga taalluqli. Aytaylik, sizda inqilobiy g‘oya paydo bo‘ldi, biroq iqtisodiy jihatdan uni amalga oshirishning imkoni bo‘lmasa, bunga kirishmaganingiz yaxshi.
7. Har qanday vaziyatdan to‘g‘ri xulosa chiqaring
Siz juda ko‘p narsalarni bilishingiz mumkin, lekin faoliyatingiz davomida o‘z bilimingizni bundan-da boyitish imkoniga egasiz. Rahbar yoki tadbirkor sifatida rivojlanishingiz uchun muntazam ravishda yangi ko‘nikmalar va xususiyatlarni o‘zlashtirishingiz lozim.
Siz doimiy takomillashib borish orqali biznes olamida o‘zingizga mustahkam zamin yasaysiz.
Har jihatdan mukammallikka erishib bo‘lmaydi, shu bois xato qilishdan yoki sizga foyda keltirishi mumkin bo‘lgan imkonni qo‘ldan boy berishdan qo‘rqmang. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”