date

Davlat qarzi 43 mlrd dollardan oshdi

Davlat qarzi 43 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2025 yilning birinchi yarmida 43,4 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Bankir xabar berdi.

Tashqi qarz 36,4 milliard dollarni, ichki qarz esa 7 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Bu degani, umumiy moliyaviy yuk avvalgidan ham kattalashgan.

Yil boshidan beri davlat qarzi 3,2 milliard dollarga ko‘paygan bo‘lsa, o‘tgan yilga nisbatan 6,1 milliard dollarlik o‘sish kuzatilgan.

Davlat qarzining asosiy qismi Jahon banki va Osiyo taraqqiyot bankidan olingan. Xitoy va Yaponiya esa eng yirik kredit beruvchilar safida turibdi.

Shu bilan birga, hozirda qarzning YAIMga nisbati 34,2 foizni tashkil etmoqda. Bu hali ruxsat etilgan 60 foizlik chegaradan ancha past bo‘lsa-da, o‘sish sur’atlari xavotir uyg‘otmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Davlat qarzi 43 mlrd dollardan oshdi