O‘tgan hafta davomida AQSh aksiyalariga investitsiya kiritgan fondlar mijozlari tomonidan 19 milliard dollar mablag‘ qaytarib olindi, deb “Kommersant” xabariga tayanib "Kursiv media" yozmoqda.
Bir hafta ichidagi ushbu chiqarish ko‘rsatkichi to‘rt baravarga oshdi. Investorlar AQShdagi ishsizlik bo‘yicha zaif ko‘rsatkichlar fonida foydani mustahkamlashga qaror qilgani qayd etilmoqda.
Bu yilgi eng yirik chiqishlardan biri bo‘ldi — avvalgi holatlarda chiqarishlar 27,7 milliard dollar va 20,2 milliard dollarni tashkil etgan.
“Kommersant” nashrining yozishicha, investorlar riskli aktivlar, ya’ni qimmatli qog‘ozlarga qiziqishni yo‘qotmoqda.
“Avgust oyiga e’lon qilingan AQSh mehnat bozori bo‘yicha ma’lumotlar sifati shubhali. Ular yana zaif chiqdi va bu AQSh iqtisodiyoti holatiga nisbatan xavotir uyg‘otmoqda”, — dedi “Doveritelnaya” kompaniyasi aktivlar boshqaruvchisi Dmitriy Terpelov.
2024 yilda AQSh fondlariga investitsiyalar 153 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2023 yilga nisbatan 1,5 baravar kam.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!