date

AQSh va Xitoy o‘rtasida savdo keskinlashdi

AQSh va Xitoy o‘rtasida savdo keskinlashdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga qarshi yangi bojlarni joriy etdi. U noyabr oyidan boshlab Xitoydan keltiriladigan mahsulotlarga 100 foizlik tarif qo‘llanishini aytdi.

Tramp bu qarorni Xitoyning nodir metallar eksportini cheklagani bilan izohladi. Uning fikricha, bu AQSh iqtisodiga zarar yetkazadi.

Yangi chora-tadbirlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirdi. Tramp va Si Szinpin uchrashuvi hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Trampning bayonotidan so‘ng AQSh fond bozorlari pasaydi. Mutaxassislar bu vaziyat global savdoga ham salbiy ta’sir qilishi mumkinligini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » AQSh va Xitoy o‘rtasida savdo keskinlashdi