
O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil boshidan buyon oltin quymalar narxi 41-marta rekord darajaga yetdi, deb UZ24 xabar berdi.
14-oktyabr holatiga ko‘ra, 1 gramm oltin quymaning narxi 1 662 760 so‘mni tashkil etdi. Bu 42 080 so‘mga yoki 2,6 foizga oshganini anglatadi.
Quymalar narxi bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha:
– 5 gramm — 8 314 000 so‘m
– 10 gramm — 16 628 000 so‘m
– 20 gramm — 33 255 000 so‘m
– 50 gramm — 83 138 000 so‘m
– 100 gramm — 166 276 000 so‘m
Besh grammli oltin quymasining narxi ilk bor 8,3 million so‘mdan oshdi. 9,5 oy ichida narxlar 46,85 foizga o‘sdi, 2024-yilning shu kuniga nisbatan esa deyarli 48,5 foizga ko‘tarildi.
Jahon bozorida esa oltinning bir troya unsiyasi uchun narxi 4,1 ming dollardan oshib ketdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.