Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Rossiya soliq rezidenti maqomiga qaytishi mumkin. Bu holat uning Xalqaro qilichbozlik federasiyasi prezidenti lavozimidan ketganidan so‘ng ro‘y beradi, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.
Usmonovning aytishicha, u hozirda "xalqaro xizmat safarida bo‘lgan Rossiya soliq rezidenti"dir. "Men hozir bizning federasiyamiz byurosi va federasiyamiz qarorgohi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydaman. Bu Shveysariya emas. Men federasiya prezidenti bo‘lgan vaqtda u erda yashashga majburman. Men u erda bo‘lishim kerak. Qolgani esa mish-mishlar", deb aytgan Usmonov.
Milliarder xayriya ishlariga yo‘naltiradigan mablag‘lari hajmi uning soliq to‘lovlaridan bir necha marta kattaligini aytdi. "Shuning uchun men bu borada hotirjamman. Vijdonim toza. Ayniqsa, vatanim oldida. Sen o‘zingni aslida kim ekanligingni his qilishining eng asosiysidir. Men Rossiya fuqarosiman. Va albatta, mening bu lavozimdagi muddatim yakunlanishi bilan, agar meni tug‘ilgan vatanimga (O‘zbekistonga) chaqirishmasa, men Rossiya soliq rezidentligiga qaytaman", deb ta’kidlab o‘tdi Usmonov.
Usmonov 2008 yildan beri Xalqaro qilichbozlik federasiyasi prezidenti hisoblanadi. Joriy yil noyabrida uning bu lavozimdagi vakolatlari navbatdagi 4 yillik muddatga uzaytirildi.
Oktyabrda USM xoldingi Usmonov Rossiya soliq rezidenti bo‘lishdan to‘xtaganini ma’lum qilgandi. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, bir yil davomida Rossiyada 183 kundan kam bo‘lmagan shaxslar Rossiya rezidentlari deb tan olinadi.
USM’da ta’kidlanishicha, Usmonov hozirda operasion faoliyat bilan shug‘ullanmaydi va bor e’tiborini sport, xayriya va sahovatpeshalikka qaratgan. Shu va tibbiy sabablarga ko‘ra, Usmonov 2015 yilda Rossiyada rezident bo‘lish uchun talab qilingan miqdordagi kunni o‘tkazmagan.
Usmonovning yirik biznesi Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan USM Holdings bo‘lib, tadbirkorning undagi ulushi 48 foizga teng. Xoldingning boshqa aksiyadorlari Vladimir Skoch (30 foiz) va Farhod Moshiriy (10 foiz) tuzilmalari sanaladi.
Ma’lumot uchun, USM Holdings – yirik xalqaro kompaniya bo‘lib, tarkibiga "Metalloinvest", "Megafon", Mail.ru Group, shuningdek "YuTV Xolding" kiradi.
Rossiyada esa 2015 yilning boshida nazorat qilinuvchi xorijiy kompaniyalar haqida qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, rossiyaliklar bunday kompaniyalarda 10 foizdan ortiq ulushlari bo‘lsa, bu haqda soliq idoralarini xabardor etishlari kerak.
Rossiyalik soliq rezidentlari butun dunyo bo‘ylab olingan daromadlardan, rezident bo‘lmaganlar esa faqatgina Rossiyadagi manbalardan olingan foydadan soliq to‘lashadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi