Xitoyning taraqqiyot va islohotlar bo‘yicha milliy qo‘mitasi 2017 yilda quyosh elektr stansiyalari egalaridan sotib olinuvchi elektr energiya narxini 17 foizga pasaytirish bo‘yicha qaror qabul qildi, deb yozmoqda Kun.uz sayti. Shamol elektr stansiyalari uchun narx 2018 yilda 15 foizga arzonlashtiriladi. Bu chora ikki turdagi elektr stansiyalarga to‘lanadigan har yillik to‘lovni 863 mln dollarga kamaytiradi. Bu choralar yangi shamol parraklari va quyosh batareyalari o‘rnatilishi narxi arzonlashgani bilan bog‘langan.
2016 yil ham quyosh va shamol energetikasida rekord o‘sish yili bo‘ldi. Elektr uzatish liniyasiga ulangan shamol elektr stansiyalari 139 gigavatt, quyosh elektr stansiyalari esa 60 gigavattdan ko‘proq elektr energiya beradi. Bunday elektr stansiyalarning ommaviy qurilishi shamol parraklari va fotoelementlarga narxlarning tushishi bilan birga boradi.
Xitoy hukumati bunga javoban nafaqat ko‘mir qazib olish hajmini yiliga chorak milliard tonnaga kamaytirmoqda, balki quyosh va shamol energiyasini sotib olish narxini kamaytirishga qaror qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi