00:03 / 03.01.2017
6 658

Xitoy hukumati 1 yanvardan chet el valyutasi xaridiga cheklov joriy qildi

Xitoy hukumati 1 yanvardan chet el valyutasi xaridiga cheklov joriy qildi

Bundan buyon o‘z yuanlarini boshqa mamlakat valyutasiga ayirboshlashni istagan kishi o‘zi va pulning kelib chiqishiga doir qo‘shimcha ma’lumot taqdim etishi kerak bo‘ladi. Bu haqida VVS nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

50 dollar miqdoridagi valyuta ayirboshlash uchun yillik kvota o‘zgarishsiz qolmoqda.

Xitoy davlat ma’muriyatida ma’lum qilinishicha, hukumat shu tariqa kapitalning mamlakatdan tashqariga chiqish hajmini qisqartirishga umid qilmoqda.

Tahlilchilarning baholariga ko‘ra, 2015 yilda Xitoydan chiquvchi kapital oqimi 1 trillion dollarga etgan.

Bloomberg Intelligence ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilning yanvar oyidan sentyabrigacha Xitoydan 690 milliard dollar olib chiqilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xitoy hukumati 1 yanvardan chet el valyutasi xaridiga cheklov joriy qildi