AQSh milliy valyutasi – dollar kursi 14 yillik eng yuqori natijani qayd etdi. Mamlakat sanoat sektorining noyabr oyidagi faolligiga doir ma’lumotlar kutilganidan ham yaxshiroq ekani ma’lum bo‘lgach, 3 yanvardagi savdolarda shunday ko‘rsatkich qayd etildi. Jahonning asosiy olti valyutalari (evro, iena, funt sterling, Kanada dollari, Shveysariya franki, shved kronasi)ga nisbatan nisbatini ko‘rsatuvchi indeks 103,82 punktga ko‘tarilgan, deya yozadi Kun.uz sayti. Bundan avval, 2002 yil dekabrida shunday natija qayd etilgan edi. Bunga, shuningdek, AQShdagi qurilish sohasidagi xarajatlar so‘nggi 10,5 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga etgani haqidagi xabarlar ham turtki bo‘lgan.
Shu bilan birga, Etkazishlarni boshqarish institutining xabar qilishicha, sanoat mahsulotlari narxlari ham kutilganidan ziyoda bo‘lgan. Ma’lumotlar e’lon qilingach, evro kursi 1,0342 dollargacha pasaygan. Bu 2003 yil yanvaridan beri ilk marta kuzatilayapti. Britaniya funtining dollarga nisbatan kursi 1,22 dollarni tashkil etgan. Ta’kidlash joizki, dollar poygasi AQSh prezidentlik saylovidan buyon davom etmoqda.
FZT – Federal zaxira tizimining qayta moliyalash stavkasini ko‘tarishi dollar o‘rnini mustahkamladi, xolos. Shu bilan bir vaqtda, neft kotirovkalari qulashi qayd etildi. Brent navli neftning bir barreli 2,99 dollarga arzonlashib, 55,39 dollarni tashkil etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”