date

O'zbekiston iqtisodida hududlar hissasi


2025 yilning to'qqiz oyi yakunlariga ko'ra, O'zbekiston iqtisodiyotidagi eng katta hissa an'anaviy ravishda Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga to'g'ri kelmoqda. Bu ikki hudud mamlakat yalpi ichki mahsulotining deyarli uchdan birini ta'minlagan.

Ushbu ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tomonidan taqdim etilgan. Hududlar orasida yetakchi o'rinni poytaxt Toshkent egallab, uning hissasi 19,3 foizni tashkil etdi.

Ikkinchi o'rinda Toshkent viloyati joylashib, unda bu ko'rsatkich 9,7 foizni tashkil qilmoqda. Keyingi o'rinlarda quyidagi hududlar qayd etilgan: • Navoiy viloyati — 8,3%; • Samarqand viloyati — 6,7%; • Farg'ona viloyati — 6,1%; • Andijon viloyati — 5,7%; • Qashqadaryo viloyati — 5,3%; • Buxoro viloyati — 4,6%; • Namangan viloyati — 4,5%; • Surxondaryo viloyati — 3,6%; • Xorazm viloyati — 3,4%; • Jizzax viloyati — 2,9%; • Qoraqalpog'iston Respublikasi — 2,8%; • Sirdaryo viloyati — 1,9%.

Ma'lumot uchun, yalpi ichki mahsulot tarkibida davlat muassasalarining jamiyatga taqdim etadigan notijorat xizmatlari, masalan, mudofaa sanoati yoki bank ishi bilan bog'liq qiymat qo'shilmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O'zbekiston iqtisodida hududlar hissasi