16:03 / 08.01.2017
6 877

Amazon rahbari Jeff Bezos 2017 yilning birinchi haftasida 3,8 mlrd dollarga boyidi

Amazon rahbari Jeff Bezos 2017 yilning birinchi haftasida 3,8 mlrd dollarga boyidi

Amazon asoschisi va rahbari Jeff Bezos 2017 yilning birinchi haftasida kompaniya aksiyalari 4 foizga (795,99 dollargacha) qimmatlashishi tufayli, o‘z boyligini 3,8 milliard dollarga ko‘paytirdi, deb yozadi Daryo nashri.

6 yanvar, juma kunining o‘zidayoq Amazon’ning 80 millionta aksiyasiga egalik qiluvchi Bezos 1,3 milliard dollar orttirdi. Uning davlati 68,7 milliard dollarga etdi, natijada u Forbes’ning real vaqt rejimida tuziladigan reytingida dunyodagi eng boy odamlarning to‘rtinchisiga aylandi. Ro‘yxatda undan oldingi pog‘onalarni amerikalik Bill Geyts va Uorren Baffet hamda ispaniyalik Amansio Ortega band qilib turibdi.

Amazon aksiyalari narxining ko‘tarilishi kompaniyaning yangi qurilmasi — Echo smartdinamiklari muvaffaqiyati bilan bog‘liq. 6 yanvar kuni Las-Vegasda ochilgan maishiy elektronika ko‘rgazmasida yangi devays ommani «zabt etgani» aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Amazon rahbari Jeff Bezos 2017 yilning birinchi haftasida 3,8 mlrd dollarga boyidi