
AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha bayonot berdi. Tramp ushbu mavzuda Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida post e’lon qildi.
AQSh prezidenti O‘zbekiston bilan erishilgan savdo-iqtisodiy kelishuvlarni "ajoyib" deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin uch yil ichida O‘zbekiston AQSh iqtisodiyotiga 35 milliard dollar miqdorida mablag‘ kiritadi va mahsulot sotib oladi.
Keyingi 10 yil davomida esa ushbu summa 100 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Investitsiyalar asosiy sohalarga yo‘naltiriladi: muhim minerallar, aviatsiya, avto ehtiyot qismlar, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, energetika, axborot texnologiyalari va boshqa yo‘nalishlar.
Tramp erishilgan kelishuvlar uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi va uzoq muddatli hamkorlikka umid bildirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar