Samarqand viloyatidagi intensiv bog‘larning katta qismi Jomboy tumani hissasiga to‘g‘ri keladi. Sabzavot mahsulotlari etishtirish va uni qayta ishlash, yangi turdagi qishloq xo‘jalik ekinlari parvarishlash borasida ham tumanda boy tajriba to‘plangan. O‘tgan yili tumanda Gollandiyaning “Beyo-Zaden” va Ukrainaning “Gelios-1” kompaniyalari bilan hamkorlikda intensiv usulda sabzavot etishtirish bo‘yicha tajriba almashildi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
– O‘tgan yili tumandagi 22 fermer xo‘jaligining 20 gektar erida yangi ekin turlari – pasternak, sikori, keyl karami, yashil qovoqcha, pirey piyozi (lukpari), brokli karami sinovdan o‘tkazildi, – deydi tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i A.Obloqulov. – Barcha agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilgani, muhimi, tuproq va iqlim sharoiti to‘la mos kelgani tufayli ushbu ekinlardan kutilganidan ham ziyod hosil olindi. Etishtirilgan mahsulotlarning asosiy qismi viloyatdagi korxonalarda qayta ishlanib, xorijga eksport qilindi. Shu bois joriy yilda 430 gektar erda brokli karami, yashil qovoqcha, sikori, lukpari ekinlari, shuningdek, sabzavotning xorijdan keltirilgan o‘ndan ortiq yangi va serhosil navlarini to‘qsonbosti usulida etishtirayapmiz. Bu mahsulotlarni sotib olish va eskport qilish bo‘yicha viloyatdagi bir qator korxonalar bilan shartnomalar imzolangan.
2016 yilda tumandagi “Maroqand meva-sabzavot” fermer xo‘jaligida 350 gektar maydonda pomidorning intensiv navlari yangi usulda ekilib, parvarishlandi. Italiyadan keltirilgan maxsus seyalka yordamida urug‘ tarzida ekilgan pomidorning gektaridan o‘rtacha 80 tonnadan hosil olindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qson kunda pishib etilgan hosil Germaniyadan keltirilgan maxsus kombaynlar yordamida terib olingan va qayta ishlanib, xorijga eksport qilingan. Bu yil xo‘jalikda yana ham ko‘proq maydonda yangi usulda pomidor etishtirish va hosildorlikni 100 tonnaga etkazish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi