13:33 / 28.02.2017
6 483

Odnoklassniki reklamadan keladigan daromadini 25% oshirdi

Odnoklassniki reklamadan keladigan daromadini 25% oshirdi

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i reklama sonini oshirmagan xolda 2015 yilga nisbatan reklamadan daromadi 25% o‘sishga erishdi. Mobil reklama va videoformatlar yo‘nalishida katta daromad o‘sishi kuzatildi. Mobil reklama 29% oshdi. Videoreklamadan daromad esa bir yilda 108% o‘sdi. «Mail.Ru Group»ning barcha loyihalari uchun umumiy reklama joylashtirish tizimi orqali joylashtirilgan mobil reklama samaradorligi 86% o‘sdi. Bunday ko‘rsatkichlarga ijtimoiy tarmoqning mobil auditoriyasi va OKda videolarning ommabopligining o‘sishi, reklama formatlarining samaradorligini oshirish, yangi reklama beruvchilar va ijtimoiy tarmoq maydonchasida amalga oshirilgan muvaffaqiyatli maxsus loyihalar orqali erishildi.

Odnoklassnikining daromadi xozirda ham uch qismdan iborat: IVAS (pullik xizmatlar – sovg‘alar, ko‘rinmaslik, stikerlar va boshqalar), reklama va o‘yinlar (daromadni bo‘lishish tizimi ko‘rinishida).

«Kelasi yilga asosiy vazifa bu auditoriyaga reklama og‘irligini oshirmagan xolda reklamaning ARPU (bir foydalanuvchidan tushadigan o‘rtacha tushum) ko‘rsatkichini oshirish. Oxirgi yillarda biz imidjimiz ustida ishladik va qamrovni, reklama samaradorligini va klientlar sonini oshirishga erishdik. Mobil va video formatlari OKda anchayin jo‘shqinlik bilan rivojlanayotgani sababli ularga umid bog‘lamoqdamiz. Televideniyaga reklama beruvchilar byudjeti biz uchun yangi bozor, sababi ular yanada ko‘proq digital reklamaga o‘tib ketmoqdalar. Bizda esa ular uchun echimlar ham, auditoriya ham mavjud»– dedi Odnoklassniki loyihasi rahbari Anton Fedchin.

«OKning kuchli taraflari – katta qamrovga egaligi, yangi reklama formatlariga moyilligi bor auditoriya va videoning tez sur’atlarda o‘sishidir. Katta va turli yoshdagi va turli qiziqishga ega auditoriyasi bor ijtimoiy tarmoq uchun nativ formatlarni tabiiy joylashtirish va foydalanuvchilar ko‘proq ahamiyat beradigan narsalardan unumli foydalanish muhimdir. OK misolida bu videodir. Bir yilda biz videoreklamadan tushadigan daromadni ikki barobarga oshirshga muvaffaq bo‘ldik, va sonlar bunga guvohlik qilmoqda» – «Mail.Ru Group»ning tijorat ishlari bo‘yicha direktori Elina Isagulova.

2016 yilda Odnoklassnikikda tasmada postlarni targ‘ib qilish, tasmada o‘zi ishga tushuvchi nativ video, barcha platformalarda reklama karuseli, gur uhlarda ochiq reklama birjasi ishga tushirilgan edi. Shu yilning o‘zida «myTarget»da auditoriyaga tor yo‘naltirilgan reklamani namoyish etish, xamda lokal-geo(uyiga qadar aniq jalb etish imkoniyati), look-alike reklamasi (o‘xshash hulq atvor xarakteristikalargi ega foydalanuchilarni jalb etish), DMP-platformasi (ma’lumotlar bazasini sotish) va ijtimoiy tarmoqlarda kross tarmoq videopromopostlari kabi asboblar ishga tushirildi. Yil davomida OKda yana bir qator maxsus loyihalar ishga tushirildi – bular «Purina»ning hayvonlar uchun ijtimoiy tarmog‘i, «Sberbank», «Yakobs» va boshqalar bilan amalga oshirilgan loyihalardir.

2017 yilda Odnoklassniki reklama asboblarini rivojlantirishni va samaradorlikni, xamda videoformatlarda reklama imkoniyatlarini oshirishda davom ettirmoqda. Videoni nafaqat qamrov tashkil etish uchun asbob, balki perfomance reklama beruvchilari uchun xam samrador asbobga aylantirish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Odnoklassniki reklamadan keladigan daromadini 25% oshirdi