17:15 / 01.03.2017
4 593

Louis Vuitton 185 dollarlik qalam ishlab chiqardi

Louis Vuitton 185 dollarlik qalam ishlab chiqardi

Fransiyaning Louis Vuitton modalar uyi bir necha qalam ishlab chiqarib, kanselyariya liniyasini yangiladi, deb yozadi Kun nashri.

Qalamlar qizil va pushti rangli tabiiy charm bilan qoplanib, brend emblemasi bilan bezatilgan. O‘quv qurollari sotuvga chiqarildi, ularning narxi - 185 dollar.

Bu qalam modalar uyi 2017 yilning qishida taqdim etgan kanselyariya lineykasiga qo‘shimcha bo‘ldi. U to‘rt yaproqli gul ko‘rinishidagi trafaretlar bilan bezatilgan va Louis Vuitton vakillarining fikricha, bolalik haqidagi xotiralarni yodga solishi kerak.

Louis Vuitton — 1854 yilda Fransiyada sandiq va yo‘l sumkalarini tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi usta Lui Vyuitton tomonidan asos solingan kompaniya. Kompaniya ayollar va erkaklar uchun kiyim-kechak, aksessuarlar, poyabzal, soatlar va zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. U LVMH xalqaro xolding tarkibiga kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Louis Vuitton 185 dollarlik qalam ishlab chiqardi