16:17 / 02.03.2017
6 728

Beeline 2016 yil mobaynida tarmoq rivojlanishiga 533 milliard so‘m sarmoya qildi

Beeline 2016 yil mobaynida tarmoq rivojlanishiga 533 milliard so‘m sarmoya qildi

Beeline milliy matbuot-anjumani doirasida 2016 yildagi faoliyati natijalarini sarhisob qildi. Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Efremov o‘z taqdimotida kompaniyaning o‘tgan yildagi kapital harajatlari 533 milliard so‘mga etganini belgilab o‘tdi.

2016 yilning IV choragi natijalari bo‘yicha Beeline abonentlari miqdori 9 506 503 kishini tashlik etdi, bu esa I chorakdagi natijadan 0,1% ko‘p. Bir oy davomida bitta mobil abonentiga bo‘lgan o‘rtacha hisob (ARPU ko‘rsatkichi) yildan yilga 10,4%ga – 17 925 so‘mgacha o‘sdi. Bunda MOU ko‘rsatkichi (bir oyda bitta abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar soni) yil mobaynida 554 daqiqagacha o‘sdi (o‘tgan yildagi 501 daqiqaga nisbatan (+10,6%)).

Yil yakunlarini sharhlar ekan, Maksim Efremov quyidagilarni belgiladi: “Yuqorida belgilab o‘tilgan sonlardan ko‘rinib turibdiki, Beeline abonentlarining muloqoti jadal o‘sib bormoqda: endilikda o‘rtacha, ularning har biri o‘tgan yilga nisbatan oyiga bir soat ko‘proq muloqot qilmoqdalar. O‘sib borayotgan raqobatlik sharoitida biz mijozlar bazasini avvaldagi darajada saqlab qolganimiz va bir kishi uchun data-xizmatlardan foydalanish 195 Megabaytdan 316 Megabaytgacha oshganligini ahamiyatga olgan holda, Beeline tarmog‘iga bo‘gan talab bir necha barobarga oshgan. Men g‘urur bilan shuni ta’kidlab o‘tishim joiz, bizning texnik va texnologik imkoniyatlarimiz butunlay vaqt talabiga javob beradi – bu esa avvalam bor 500 milliard so‘mdan oshgan rivojlanish yo‘lidagi sarmoyalarimiz tufaylidir”.

O‘zbekiston mobil bozorida etakchilik qilayotgan kompaniyaning operasion foydasi yil mobaynida 7,6%ga oshdi va 1,967 trillion so‘mni tashkil etdi.

“2017 yilda Beeline avvaldagi kabi jiddiy kapital mablag‘lar sarmoyasiga e’tiborini qaratadi. Biz LTE standartini mamlakatning eng yirik shaharlarida rivojlantirishni, shuningdek “yashil” texnologiyalarni - barchaga tanish bo‘lgan baza stansiyalarini to‘htovsiz ravishda elektr quvvati bilan ta’minlaydigan quyosh batareyalarini joriy etishni rejalashtirganmiz”, – deydi Unitel‘ning texnik direktori Evgeniy Klyuchev.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Beeline 2016 yil mobaynida tarmoq rivojlanishiga 533 milliard so‘m sarmoya qildi