4-mart kuni dollar narxi qanday bo'ladi?

O'zbekiston valyuta bozorida AQSh dollarining qiymati oshishi kutilmoqda. Prognozlarga ko'ra, 4-mart kuni amal qiladigan dollar kursi 19-20 so'm atrofida ko'tariladi.
Mamlakatimizdagi tijorat banklari aholi va tadbirkorlar uchun valyuta ayirboshlash bo'yicha yangilangan stavkalarni taklif etmoqda. Xususan, aholidan dollarni sotib olish bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich 12 150 so'mni tashkil etsa, sotish bo'yicha eng past narx 12 190 so'm etib belgilangan.
Banklarga dollarni sotish bo'yicha eng yaxshi kurslar:
Asakabank — 12 150 so'm
Garantbank — 12 140 so'm
BRB — 12 140 so'm
Agrobank — 12 140 so'm
Banklardan dollarni sotib olish bo'yicha eng yaxshi kurslar:
Octobank — 12 190 so'm
Xalq banki — 12 200 so'm
Apex Bank — 12 200 so'm
Davrbank — 12 200 so'm
Markaziy bank tomonidan belgilanadigan rasmiy kurslar valyuta bozoridagi talab va taklif asosida shakllanishda davom etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!