KuCoin birjasi investorga 2 million dollar toʻlashdan bosh tortmoqda

KuCoin birjasi investorga 2 million dollar toʻlashdan bosh tortmoqda

Shveytsariyalik investor Didier Rabl Seyshel orollari Oliy sudi qaroriga qaramay, KuCoin kriptovalyuta birjasidan 2 million dollardan ortiq mablagʻini undira olmayotganini maʻlum qildi. Nizoga birja tomonidan delisting qilingan va "tashlab ketilgan" deb eʻlon qilingan tokenlar sabab boʻlgan. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

2025-yil 11-dekabrdagi sud qaroriga koʻra, Rabl KuCoin platformasida saqlangan taxminan 21 million dona CoinPoker (CHP) tokenlarining qonuniy egasi deb topilgan. Sud birjaning Seyshel orollarida roʻyxatdan oʻtgan tuzilmalariga investorga 2 million USDt miqdorida tovon puli va 10 000 dollar maʻnaviy zarar toʻlash majburiyatini yuklagan.

Maʻlum boʻlishicha, KuCoin 2021-yilda CHP tokenlarini delisting qilish haqida bildirishnomalar yuborgan va belgilangan muddatdan keyin yechib olinmagan aktivlarni oʻziniki deb eʻlon qilgan. Biroq sud birjaning bunday bir tomonlama qarori mijozning mulkiy huquqlarini bekor qilolmasligini, chunki dastlabki shartnomada aktivlarni musodara qilish bandi boʻlmaganini taʻkidladi.

Blokcheyn tahlillari shuni koʻrsatdiki, 21 million dona CHP tokenlari hamon Etherscan tarmogʻidagi "KuCoin 6" deb nomlangan manzilda saqlanmoqda. Bu umumiy taklifning qariyb 5,9 foizini tashkil etadi. KuCoin vakillari sud majlislarida ishtirok etmagan va hozircha ushbu vaziyat boʻyicha rasmiy izoh bermagan.

Ushbu sud ishi kriptovalyuta birjalari uchun muhim pretsedent boʻlishi kutilmoqda. Sud qarori birjalar delisting qilingan aktivlar uchun javobgarlikni saqlab qolishi va mijozlarning qonuniy yechib olish soʻrovlarini bajarishi shartligini tasdiqladi. Seyshel orollari Oliy sudi ushbu qarorni ijro etish uchun moliyaviy tartibga soluvchi organ (FSA)ga yuborgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Laylo
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar