date

O‘zbekiston birjasida bug‘doy va sement savdosida pasayish kuzatildi

O‘zbekiston birjasida bug‘doy va sement savdosida pasayish kuzatildi

11–17-may kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi"ning barcha savdo maydonlarida 44 575 ta bitim amalga oshirildi. Bu avvalgi haftaga nisbatan 6,3 foizga kam ko‘rsatkich hisoblanadi.

Birja ma’lumotlariga ko‘ra, bitimlarning 44,4 foizi birja savdolarida, 55,6 foizi esa elektron tijorat tizimlarida tuzilgan. Shu davrda davlat xaridlari bo‘yicha elektron savdolar orqali byudjet va korporativ buyurtmachilar qariyb 137,1 milliard so‘m mablag‘ni tejagan.

Hisobot haftasida savdoga 440 905 tonna sement chiqarilgan va uning 145 997 tonnasi sotilgan. Sementning bir tonnasi uchun o‘rtacha kunlik narx 649,7 ming so‘mdan 644 ming so‘mgacha tushgan.

Shuningdek, birja orqali 31 881 tonna bug‘doy sotilgan. Bug‘doyning bir tonnasi bo‘yicha o‘rtacha kunlik narx 2 million 972,2 ming so‘mdan 2 million 932,4 ming so‘mgacha pasaygan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston birjasida bug‘doy va sement savdosida pasayish kuzatildi