O‘zbekistonga konditsioner olib kirish 11,5 foizga ko‘paydi

2026 yilning dastlabki besh oyida O‘zbekistonga 19,7 mln AQSH dollarlik konditsionerlar olib kirildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, import qilingan konditsionerlar soni 132 691 donani tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2025 yilning yanvar-may oylariga nisbatan 13,7 ming donaga ko‘p. Foiz hisobida o‘sish 11,5 foiz bo‘lgan.
Asosiy yetkazib beruvchi davlat Xitoy bo‘ldi. Besh oyda ushbu mamlakatdan 128 021 dona konditsioner keltirilgan.
Qozog‘istondan 4 644 dona, Turkiyadan 17 dona konditsioner import qilingan. Yana 9 dona konditsioner boshqa davlatlardan olib kirilgan.
Ma’lumotlardan ko‘rinishicha, O‘zbekiston konditsioner importida asosan Xitoy mahsulotlariga tayanmoqda. Boshqa davlatlar ulushi esa ancha kichik.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling



























Izohlar 0
…