JCH-2026 finalida sahnaga chiqadigan yulduzlar ma’lum bo‘ldi

JCH-2026 finalida sahnaga chiqadigan yulduzlar ma’lum bo‘ldi

2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati final uchrashuvi nafaqat sport, balki musiqa muxlislari uchun ham unutilmas voqeaga aylanishi kutilmoqda. Tashkilotchilar final bahsidan oldin bo‘lib o‘tadigan tantanali shou dasturida ishtirok etadigan san’atkorlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kanadaning mashhur pop yulduzi Jastin Biber ham final shousida sahnaga chiqadi. Tashkilotchilar musiqiy dastur taxminan 11 daqiqa davom etishini tasdiqlagan.

19 iyul kuni AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi «MetLife» stadionida bo‘lib o‘tadigan shouda Jastin Biber bilan bir qatorda dunyoga mashhur san’atkorlar ham ishtirok etadi. Ular orasida:

Shuningdek, shou dasturining ijodiy qismiga Coldplay guruhi solisti Kris Martin boshchilik qilmoqda. Tadbir davomida u Nyu-Yorkdagi mashhur PS22 Chorus bolalar xori bilan birgalikda maxsus musiqiy chiqish namoyish etishi kutilmoqda.

Jahon yulduzlari jam bo‘ladigan ushbu shou Jahon chempionati finalining eng yorqin lahzalaridan biri bo‘lishi va millionlab tomoshabinlar e’tiborini tortishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar