Kanadada yuk poyezdi alangalar qurshovida qoldi

Kanadaning Ontario provinsiyasi shimolida harakatlanayotgan yuk poyezdi kuchli o‘rmon yong‘ini sabab alangalar qurshovida qolib ketdi. Mashinist kabinasidan tasvirga olingan dahshatli videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in qisqa vaqt ichida katta hududni qamrab olgan. Olov temiryo‘l atrofini ham o‘rab olgani sababli lokomotiv ekipaji xavfsizlikni birinchi o‘ringa qo‘yib, poyezdni to‘xtatgan va xavfli hududni piyoda tark etishga majbur bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Poyezdga yetgan zarar miqdori hozircha ochiqlanmagan.
Ayni paytda Ontario shimolida davom etayotgan yirik o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, issiq ob-havo va kuchli shamol olovning tez tarqalishiga sabab bo‘layotgani bois qutqaruv xizmatlari yuqori shay holatda ishlamoqda.






























Izohlar 0
…