Turkiyadagi to‘yda kelin-kuyovga 1,54 milliard so‘mlik to‘yona berildi

Turkiyadagi to‘yda kelin-kuyovga 1,54 milliard so‘mlik to‘yona berildi

Turkiyaning qishloqlaridan birida o‘tkazilgan dabdabali to‘y marosimi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. To‘y davomida kelin-kuyovga jami 6 million turk lirasi (qariyb 1,54 milliard so‘mdan ortiq) miqdorida to‘yona topshirilgani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilgan to‘yonaning 3 million liralik qismi oltin taqinchoqlar ko‘rinishida kelinga taqdim etilgan. Yana 3 million lira naqd pul esa kuyovga sovg‘a qilingan. Marosimda qarindosh-urug‘lar, yaqinlar va ko‘plab mehmonlar ishtirok etib, yangi oila egalarini qimmatbaho sovg‘alar bilan tabriklagan.

Xabarga ko‘ra, ikki kun davom etgan tantanali to‘yda mehmonlar uchun katta dasturxon yozilib, 35 ta qo‘y so‘yilgan. Bayram davomida milliy urf-odatlar, kuy-qo‘shiqlar va turli tomoshalar ham tashkil etilgan.

Kelin esa marosim yakunida barcha tashrif buyurgan mehmonlarga samimiy minnatdorlik bildirib, o‘zi uchun eng katta boylik qimmatbaho sovg‘alar emas, balki baxtli va mustahkam oila qurish ekanini ta’kidlagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar