Keshbek pullari nega kechikmoqda? Soliq qo‘mitasi izoh berdi

Keshbek pullari nega kechikmoqda? Soliq qo‘mitasi izoh berdi

Soliq qo‘mitasi fuqarolar orasida ko‘p muhokama qilinayotgan keshbek to‘lovlarining kechikishi sabablariga oydinlik kiritdi. Bu haqda joriy yilning 8 iyun kuni blogerlik faoliyatida soliq ma’muriyatchiligi mavzusiga bag‘ishlangan onlayn muloqot davomida ma’lum qilindi.

Soliq qo‘mitasining Umumbelgilangan soliq ma’murchiligi boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Alisher Otajonovning ta’kidlashicha, keshbek mablag‘lari o‘z vaqtida tushmagan holatlarda fuqarolar 1198 qisqa raqami orqali murojaat qilishlari mumkin. Uning aytishicha, murojaat kelib tushganidan so‘ng soliq organlari mutaxassislari chek holatini o‘rganib chiqadi va to‘lovning kechikishiga nima sabab bo‘lganini aniqlaydi.

Iqtisodiy tahlil va yashirin iqtisodiyot monitoringi boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Kamola Ahmedjonovaning ma’lum qilishicha, keshbek mablag‘lari kechikishining asosiy sabablaridan biri xarid amalga oshirilgan yuridik shaxs tomonidan soliq hisoboti hali taqdim etilmagani bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, yana bir ehtimoliy sabab sifatida mazkur yuridik shaxsning soliq organlari oldida mavjud qarzdorligi ko‘rsatilgan. Mutaxassisning qayd etishicha, aynan shunday holatlarda fuqarolarga tegishli pul mablag‘larini o‘tkazib berish jarayoni ma’lum muddatga kechikishi mumkin.

Soliq qo‘mitasi vakillari fuqarolarni bunday holatlarda xavotirga tushmasdan, mas’ul xizmatlar bilan bog‘lanib, chek holati yuzasidan ma’lumot olishga chaqirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar