O‘zbekistonda inflyatsiya 6,4 foizgacha tezlashdi

O‘zbekistonda inflyatsiya 6,4 foizgacha tezlashdi

O‘zbekistonda 2026 yil may oyidagi 5,5 foizlik rekord darajadagi past ko‘rsatkichdan so‘ng iyunda yillik inflyatsiya 6,4 foizgacha ko‘tarildi. Bu haqda Bankir Telegram kanali xabar berdi.

Odatda iyun oyida O‘zbekistonda deflyatsiya kuzatilardi. Biroq joriy yilda narxlar 0,6 foizga oshdi. Taqqoslash uchun, avvalgi yillarda iyun oyida o‘rtacha 0,2 foiz atrofida deflyatsiya qayd etilgan.

Inflyatsiyaning tezlashishiga may oyida energiya narxlarining oshishi asosiy omil bo‘ldi.

2026 yil yakunida yillik inflyatsiya 6,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar