O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi 82,2 mlrd dollarga yetdi

2026 yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi 82,2 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida qayd etilgan.
Ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 13,8 mlrd dollarga, ya’ni qariyb 20 foizga oshgan.
Umumiy tashqi qarzning 40,5 mlrd dollari davlat tashqi qarzi hissasiga to‘g‘ri keladi. Korporativ tashqi qarz esa 41,7 mlrd dollarni tashkil etgan.
Shu tariqa, korporativ sektor tashqi qarzi davlat tashqi qarzidan 1,2 mlrd dollarga ko‘p bo‘lgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling




























Izohlar 0
…