Uzum Market yillik savdo hajmi 500 mln dollardan oshganini ma’lum qildi

Uzum Market yillik savdo hajmi 500 mln dollardan oshganini ma’lum qildi

O‘zbekistonda elektron savdo kichik va o‘rta biznes uchun muhim savdo maydoniga aylanib bormoqda. Uzum Market platformasida bugungi kunda 18 mingdan ortiq sotuvchi faoliyat yuritmoqda, ularning 90 foizi kichik va o‘rta biznes vakillaridir.

Platforma ma’lumotlariga ko‘ra, yillik savdo hajmi, ya’ni GMV 500 mln dollardan oshgan. Bu ko‘rsatkich bir yil ichida 1,5 baravar o‘sgan.

Buyurtmalar soni 34 mln taga yetgan. Sotuvchilar aylanmasi esa yillik hisobda 60 foizga ko‘paygan.

Faol sotuvchilar soni 32 foizga oshgan. Platformadagi tovarlar assortimenti, ya’ni SKU ko‘rsatkichi ham 25 foizga kengaygan.

Uzum Market tadbirkorlarni o‘qitish yo‘nalishini ham rivojlantirmoqda. Uzum Sellers Academy kurslarida 9 ming kishi tahsil olgan. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ushbu kurslarni tugatgan tadbirkorlarning daromadi o‘rtacha 3,5 baravargacha oshadi.

Yangi kadrlar tayyorlash maqsadida «Uzum Market menejeri» yo‘nalishi bo‘yicha maxsus kurs ham ishga tushirilgan. Bu orqali elektron savdo sohasida ishlay oladigan mutaxassislar tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar