11:00 / 14.05.2017
6 292

Xitoy "Ipak yo‘li"ning yangi loyihalariga 124 mlrd dollar ajratadi

Xitoy "Ipak yo‘li"ning yangi loyihalariga 124 mlrd dollar ajratadi
Xitoy "Ipak yo‘li"ning yangi loyihalariga 124 mlrd dollar ajratishga va’da berdi. Bu haqda Pekinda "Bir kamar, bir yo‘l" forumi ochilishi marosimida Xitoy raisi Si Szinpin ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Szinpinning ma’lum qilishicha, u taklif qilayotgan taraqqiyotning yangi rejasi g‘oyasiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan barcha butun dunyo uchun " tinchlik va farovonlikka yo‘l"ning bir qismiga aylanadi.

"Xitoy taraqqiyot davlat banki 250 mlrd yuan miqdorida kredit ajratadi, bu mablag‘lar "Bir kamar, bir yo‘l" strategiyasi doirasida infratuzilma qurilishi, ishlab chiqarish va moliya sohalaridagi loyihalar uchun qo‘llanadi", deb aytdi Xitoy raisi.

Szinpin o‘z rejasini 2013 yildayoq taklif qilgan. Uning strategiyasi Osiyo, Afrika va Evropa o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirishga qaratilgan. U rivojlanishning ikki asosiy yo‘nalishi – Ipak yo‘li iqtisodiy kamari va dengiz Ipak yo‘lini o‘z ichiga oladi. Bu ikkala yo‘nalish ham Sharqdan G‘arbga imtiyozli shartlar asosida mahsulotlar etkazib berish uchun savdo yo‘lagini yaratishga ko‘mak berishi kerak.

"Biz hamkorlikning ochiq asosini qurishimiz hamda ochiq jahon iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashimiz va rivojlantirishimiz lozim", deb aytdi Xitoy raisi.

Xitoy yana 100 mlrd yuanni (14,5 mlrd dollar) "Ipak yo‘li" jamg‘armasiga ajratadi. 130 mlrd yuan Xitoy eksport-import bankidan kreditlar ko‘rinishida strategiyaning yangi loyihalari uchun ajratiladi. Xitoy rivojlanayotgan davlatlar va "Ipak yo‘li" xalqaro institutlariga qo‘shimcha 60 mlrd yuan ajratadi.

Szinpinning ta’kidlashicha, yana 300 mlrd yuan moliya tashkilotlarining xorijda biznesni kengaytirishini rag‘batlantirishga ajratiladi. Bundan tashqari, Xitoy 2 mlrd yuan mablag‘ni "favqulodda oziq-ovqat yordami" ko‘rsatishga va 1 mlrd dollar "global janub" davlatlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda "Ipak yo‘li" davlatlarida hamkorlikning yangi loyihalariga ajratishni rejalashtirmoqda.

"Bir kamar, bir yo‘l" forumi 14 va 15 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda 29 ta davlatning prezidentlari va bosh vazirlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xitoy "Ipak yo‘li"ning yangi loyihalariga 124 mlrd dollar ajratadi