Norasmiy sektor besh oyda 26,7 trln so‘mlik qurilish ishlarini bajardi

Norasmiy sektor besh oyda 26,7 trln so‘mlik qurilish ishlarini bajardi

2026 yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda norasmiy sektor tomonidan 26,7 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 14,6 foizga o‘sgan.

Umumiy qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor ulushi 25,4 foizni tashkil etdi. Ya’ni mamlakatdagi qurilish ishlarining qariyb to‘rtdan bir qismi ushbu sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Qurilish ishlari hajmida eng katta ulush kichik korxona va mikrofirmalarga tegishli bo‘ldi. Ular tomonidan 50,8 trln so‘mlik ishlar bajarilgan. Bu umumiy hajmning 48,5 foiziga teng.

Yirik qurilish tashkilotlari esa 27,4 trln so‘mlik ishlarni amalga oshirgan. Ularning ulushi 26,1 foizni tashkil qilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar