Ashxobodda (Turkmaniston) aholi, kamida to‘rtta bankning filiallarida pullarni xorijiy valyutada ololmayapti.
Manbalarning ma’lumotlariga qaraganda, har kuni davlatga tegishli Savdo Banki, Sanoat Banki, Xalq Banki va “Turkmanboshi” Banki oldida 50-60ga yaqin kishi, jumladan xorijdan yuboriladigan maosh oladigan fuqarolar to‘planmoqda.
«Men va 100ga yaqin hamkasbim 10 kundan beri Sanoat bankining filialiga kelayapmiz. Har kuni bank xodimlaridan bir xil – filialimizga pullar yuborilmadi, degan gaplarni eshitamiz.Ular pullar kelishi bilan qo‘ng‘iroq qilishlarini aytishadi. Ammo hech kim qo‘ng‘iroq qilmayapti. Ertaga keling, deyishadi. Ammo ertasi kuni vaziyat yana takrorlanadi», - deydi Ashxoboddagi Rossiyaga tegishli Pushkin nomli maktab o‘qituvchilaridan biri.
Ayni damda rasmiylar aholining o‘zlariga tegishli valyuta hisoblaridan xorijiy valyutada mablag‘ ololmayotganlari sabablari yuzasidan biror bir ma’lumot bermadi. Shuningdek, nomlari yuqorida zikr qilingan banklardan ham rasmiy izoh olishning imkoni bo‘lmadi.
O‘z ismini aytishni istamagan, Sanoat banki filiali ma’sul xodimlaridan birining aytishicha, mamlakatga xorijiy valyuta kelishining kamayib ketishi shu vaziyatni keltirib chiqargan. Bu xabarni Turkmaniston rasmiylari na tasdiqladi, na inkor qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin