Eng uzoq umr ko‘rgan inson sifatida rekord o‘rnatgan daniyalik ayolning o‘tmishi jamoatchilikni hayratga soldi

1 daqiqa o'qish3
Eng uzoq umr ko‘rgan inson sifatida rekord o‘rnatgan daniyalik ayolning o‘tmishi jamoatchilikni hayratga soldi

112 yoshli Kirsten Shvalbe Daniya tarixida eng uzoq umr ko‘rgan inson sifatida rekord o‘rnatgan edi. Biroq uning hayoti haqidagi yangi ma’lumotlar jamoatchilik e’tiborini tortdi. Daniya Milliy arxivi hujjatlari ayol Ikkinchi jahon urushi davrida natsistlar partiyasining mahalliy bo‘limida ikkita rahbarlik lavozimini egallaganini ko‘rsatdi.

Hujjatlarga ko‘ra, Shvalbe 1943 yil avgustidan 1944 yil iyuligacha Holstebro shahridagi Daniya Milliy sotsialistik ishchilar partiyasi bo‘limida vaqtinchalik guruh rahbari va ayollar guruhi rahbari bo‘lib ishlagan. Uning marhum eri ham shu hududdagi partiya bo‘limiga rahbarlik qilgan.

Avvalroq Shvalbe partiyaga a’zo bo‘lganini tan olgan, biroq siyosatga qiziqmaganini va erining iltimosi bilan unga qo‘shilganini aytgan. Shuningdek, natsistlar mafkurasini qo‘llab-quvvatlaganini rad etgan.

Tarixchilar arxiv hujjatlari uning oddiy a’zo bo‘lmaganini ko‘rsatishini ta’kidlashmoqda. Biroq mavjud ma’lumotlarda u egallagan lavozimlarda aynan qanday vazifalarni bajargani va partiya faoliyatidagi ishtiroki qay darajada bo‘lgani ochiqlanmagan.

Mazkur ma’lumotlar e’lon qilinganidan so‘ng, uning hayoti haqida yaqinda chop etilgan biografik kitob ham sotuvdan vaqtincha olindi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?