Makoley Kalkin yana Kevin rolida: “Uyda yolg‘iz” davom etadi!

Disney studiyasi mashhur «Uyda yolg‘iz» (Home Alone) filmining yangi qismini ishlab chiqishni rasman boshladi. Xabarlarga ko‘ra, tomoshabinlarga Kevin Makkallister obrazi orqali tanish bo‘lgan aktyor Makoley Kalkin ham loyihaga qaytishi mumkin. U yana bir bor o‘zining mashhur rolini ijro etishi kutilmoqda.
Yangi filmning prodyuserlari sifatida Set Rogen va Evan Goldberg ishtirok etishi aytilmoqda. Biroq hozircha kartinaning syujeti, suratga olish ishlari boshlanadigan sana va aktyorlar tarkibi haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Shuningdek, filmning premera sanasi ham hozircha e’lon qilinmagan. Shunga qaramay, Kevin Makkallisterning qaytishi haqidagi xabar «Uyda yolg‘iz» muxlislari orasida katta qiziqish uyg‘otishi mumkin.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…