500 yillik dahshatli sir ochildi: inklar qurbonlikka olib borilgan bolalarga kokain bergan

1 daqiqa o'qish2
500 yillik dahshatli sir ochildi: inklar qurbonlikka olib borilgan bolalarga kokain bergan

Qadimgi Inklar imperiyasida diniy marosimlarda qurbonlik qilinadigan bolalarga o‘limidan oldin kokain, alkogol va boshqa ruhiyatga ta’sir qiluvchi moddalar berilgani aniqlandi. Bu haqda Antiquity jurnalida chop etilgan ilmiy tadqiqotda ma’lum qilindi.

Varshava universiteti arxeologi Dagmara Soha boshchiligidagi olimlar 6–14 yoshdagi sakkiz nafar bolaning soch va tirnoq namunalarini tahlil qildi. Ularning jasadlari Peru, Argentina va Chili hududidagi baland tog‘ cho‘qqilaridan topilgan.

Tahlillar barcha bolalarning namunalarida kokain izlari borligini ko‘rsatdi. Ayrim bolalar o‘limidan bir necha hafta oldin ham muntazam ravishda kokain iste’mol qilgan. Ikki nafar bolada kokain bilan birga alkogol, yana birida esa ayauaska ichimligi tarkibida uchraydigan garmin moddasi aniqlangan. Bu qadimgi qurbonlik marosimlarida ayauaska qo‘llanganiga oid dastlabki dalillardan biri hisoblanadi.

Inklar orasida «kapakocha» deb atalgan bolalarni qurbonlik qilish marosimi XV–XVI asrlarda muhim diniy an’analardan biri bo‘lgan. Ispan yilnomachilari ham bunday marosimlarda mast qiluvchi moddalar ishlatilgani haqida yozgan, ammo ularning hech biri bu jarayonni bevosita kuzatmagan.

Olimlarning fikricha, bolalarga bunday moddalar ularni tinchlantirish, baland tog‘larga ko‘tarilish paytida yuzaga keladigan noqulayliklarni kamaytirish va diniy marosimga tayyorlash maqsadida berilgan bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, ayrim moddalar qurbonlik joylaridan uzoqda o‘sadigan o‘simliklardan olingani inklarning turli o‘simliklar va ularning xususiyatlarini yaxshi bilganidan dalolat beradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?