50 metrlik tik devorda yurgan Alp echkilari hayratga soldi

Dunyo1 daqiqa o'qish7
50 metrlik tik devorda yurgan Alp echkilari hayratga soldi

Italiya shimolidagi Alp tog‘larida joylashgan Chingino to‘g‘oni devoriga tirmashib chiqayotgan echkilar tasvirlangan videolar ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda. Ularda Alp echkilari qariyb 50 metr balandlikdagi tik beton devorda bemalol harakatlanayotganini ko‘rish mumkin.

Qizig‘i shundaki, echkilar bu xavfli joyga tasodifan chiqmaydi. Ularning asosiy maqsadi — to‘g‘on devoridagi tosh va qurilish materiallari orasida to‘plangan tuz hamda mineral moddalarni yalash. Bu moddalar hayvonlar organizmi uchun zarur bo‘lgan minerallarning manbai hisoblanadi.

Echkilarning bunday tik yuzada muvozanatni saqlab qolishi tuyoqlarining o‘ziga xos tuzilishi bilan bog‘liq. Ularning tuyoqlari ikki qismga ajralgan bo‘lib, har bir qismi mustaqil harakatlana oladi. Tuyoqning tashqi qismi qattiq, ichki qismi esa yumshoq va ishqalanish xususiyatiga ega. Bu ularga toshlar orasidagi kichik bo‘rtiq va tirqishlarga mahkam tayanib harakatlanish imkonini beradi.

Shuningdek, baquvvat oyoqlari va muvozanatni yaxshi saqlash qobiliyati ham bunday chiqishlarda muhim ahamiyatga ega.

Mutaxassislar qayd etishicha, Alp echkilari tog‘larning tik qoyalarida harakatlanishga moslashgan. Shu sababli ular uchun to‘g‘on devoridagi tor tayanch nuqtalaridan foydalanib yuqoriga ko‘tarilish tabiiy harakat hisoblanadi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?